Farg‘onada talaba “Open budget” uchun ovoz yig‘ib berishini aytib, 37 mln so‘mni “uxlatdi”

3-sahifa

image

Farg‘onada “Open budget” uchun 4 mingta ovoz yig‘ib berishini aytib, 37 million so‘m pulni o‘zlashtirgan 18 yoshli talaba ushlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, noma’lum shaxs Telegram messenjeri orqali Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi 26 yoshli X.O. bilan bog‘langan hamda unga tashabbusli byudjet loyihasida 4 mingta ovoz yig‘ib berishni taklif qilgan. Talaba shu tariqa, X.O.ni aldab, bank kartasidan 37 million so‘m pulni yechib olgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida yashovchi 18 yoshli Ch.S. sodir etgani aniqlangan. U buning uchun X.O.ning bank kartasi raqami va uning maxfiy parolini qo‘lga kiritgan. 

Holat yuzasidan Ch.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani xabar qilingan. Qonunga muvofiq, mazkur turdagi jinoiy harakat 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish uchun asos bo‘lishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq universitet talabasi surxondaryolik fuqaroning kartasidan 75 million so‘mdan ortiq pulni o‘g‘irlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Farg'ona Open budget

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made