Farg‘onada taksini g‘isht bilan pachoqlagan erkak uzr so‘rab chiqdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 1 avgust kuni Farg‘ona shahrida erkak telefoniga javob bermagan taksi haydovchisi mashinasiga g‘isht otib, pachoqlagani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

Bayon etilishicha, joriy yilning 1 avgust kuni Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Sh.S. taksi buyurtma qilgan. Buyurtmani haydovchi Farg‘ona shahrida yashovchi 21 yoshli I.R. qabul qilib, birozdan so‘ng o‘z boshqaruvidagi Cobalt'da Sh.S. turgan ko‘chaga yetib kelgan.

Biroq fuqaro Sh.S. haydovchining telefon apparati o‘chib qolgani va uning qo‘ng‘irog‘iga javob bermaganidan jahli chiqqan va u bilan o‘zaro janjallashib, I.R.ning avtomashinasi oynalarini tosh bilan urib sindirgan. Shu jarayonda bu voqeani bevosita guvohi bo‘lib, befarqlik qilgan ichki ishlar organlari xodimlari ham keng muhokama markazida bo‘ldi.

“Kechirasizlar, qizishib ketib, bir-birimizni tushunmadik. Qonunni buzganimiz uchun mana, jazosini olib, javob berib o‘tiribmiz. Pushaymonman, hammadan uzr so‘rayman, boshqa qaytarilmaydi”, deydi Sh.S.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Mazkur holatda ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ham xizmat tekshiruvi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing