Farg‘onada soliqchi 30 ming dollar bilan ushlandi
3-sahifa
−
04 Oktabr 5820 1 daqiqa
Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasining tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – xizmat ko‘rsatish bo‘limi katta inspektori 30 000 AQSH dollari olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur mansabdor shaxs o‘z ukasiga 2023 yilda Farg‘ona tumani hududidan elektron auksion orqali 30 yil muddatga ijara asosida berilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 48 sotix yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 000 AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliq idorasi xodimi ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida fuqaro jinoyat qidiruv vakiliga aniqlangan holat yuzasidan chora ko‘rmaslikni so‘rab, 10 ming dollar bergan vaqtida ushlangandi.
Live
Barchasi