Farg‘onada sanitar tozalash korxonalari aholiga 40 mlrd so‘m asossiz qarz yozgani aniqlandi

3-sahifa

image

Farg‘onada sanitar tozalash korxonalari aholiga 40 mlrd so‘m asossiz qarz yozgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Tekshiruv davomida 2023 yilda iste’molchi abonentlar xonadonlariga hisoblangan qarzdorlik summalari tarkibidagi ko‘rsatilmagan xizmatlar qismi uchun nomuayyan doiradagi iste’molchilarga jami 30 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik hisoblanganligi hamda ushbu ko‘rsatkichlar 2024 yiling 6 oyi davomida jami 10 mlrd so‘mni tashkil etgani ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar iste’molchilarga ushbu xizmat turini ko‘rsatilishi davomida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasi talablarini (shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan shartlari haqiqiy emasligi, ya’ni sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas) buzganligi aniqlanib, o‘tgan vaqt davomida jami hisoblangan 40 mlrd so‘mdan ortiq asossiz qarzdorliklar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berilishi ta’minlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing