Farg‘onada oshxona va novvoyxona 1,9 mlrd so‘mlik gazni o‘mardi (video)
3-sahifa
−
09:52 333 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq ikki holat aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Jumladan, Farg‘ona shahridagi Yorug‘lik ko‘chasida fuqaro T.M.ga tegishli umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘tkazilgan xatlov davomida iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangani aniqlangan. Holat bo‘yicha 1 milliard 561 million so‘mlik tabiiy gaz qayta hisob-kitob qilingan.
Shuningdek, Qo‘qon shahridagi “Misgarlik” mahallasida fuqaro D.X.ga tegishli novvoyxonada loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelingani ma’lum bo‘lgan. Bu holat bo‘yicha 398 million 930 ming so‘mlik zarar hisoblangan.
Bildirilishicha, aniqlangan holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona tumanida ovqatlanish maskani tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan holda gazdan foydalanib kelgani aniqlangan edi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust