Moskvada 18 o‘zbekistonlik qul qilindi

Olam

image

O‘zbekistonning 18 nafar fuqarosi Rossiyaning Moskva viloyatida qullikda saqlangan. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma’lum qilishicha, 18 nafar o‘zbekistonlikni qullikda ushlab turishda gumonlanuvchi shaxslar Moskva viloyati politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan.

Ayni paytda jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga olib, konsullik-huquqiy masalalarni hal qilish, jumladan jabrlangan o‘zbekistonliklarni Vatanga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Moskva qullik

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing