Farg‘onada onasini urib, o‘ldirib qo‘ygan o‘g‘il 18 yilga qamaldi
3-sahifa
−
04 aprel 2022
13694Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida mast holatda onasini urib, o‘ldirib qo‘ygan o‘g‘ilga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Sud ma’lumotiga ko‘ra, Marg‘ilon shahrida yashovchi ayol 2011 yildan beri shahar ruhiy asab kasalliklar shifoxonasida “d” nazoratiga olingan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan 1961 yilda tug‘ilgan Sobirova o‘g‘li bilan 2008 yildan buyon birga yashab kelgan. Oilada turli kelishmovchiliklar sababli ona va o‘g‘il o‘zaro janjallashib kelishgan. Xususan, o‘g‘li Sobirov fuqaro Qo‘ziyeva bilan shariy nikohdan o‘tib, uni bir necha marta uyga olib kelgani onasiga yoqmagan.
O‘tgan yilning 30 sentyabr kuni soat 20:00 atrofida Sobirov mast holatda yashash xonadoniga kelgan va onasi bilan janjallashgan. Jahli chiqqan o‘g‘il qasddan onasining ko‘zi va yelkasiga bir necha marotaba urgan. Oqibatda tan jarohati olgan Sobirova voqea joyida vafot etgan.
U onasini o‘ldirib qo‘ygani haqida singlisiga, u esa o‘z navbatida Toshloq tuman IIBga xabar bergan. Natijada onaning jasadi yashash xonadonidan topilgan.
Fuqaro Sobirovning ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudida Sobirovning ishi ko‘rib chiqildi. Onasini urib o‘ldirgan o‘g‘il Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Qayd etilishicha, Sobirov muqaddam otasining o‘limiga ham sababchi bo‘lib Marg‘ilon shahar sudining 2016 yil 9 fevraldagi hukmiga ko‘ra, JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan 9 yil ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Sud hukmiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 60 (Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) va 61 (Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) moddalariga asosan Sobirovga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo qattiq tartibli koloniyada o‘talishi belgilandi.
LiveBarchasi