Farg‘onada ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarishga harakat qilgan ayol qamaldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 29 mart kuni Farg‘ona shahrida yashovchi X.M. shahar dehqon bozorida karantin qoidalariga rioya qilmasdan, jamoat joylarida niqob taqib yurmagani aniqlangan. 

Bundan tashqari, bozorda baqir-chaqir qilib, to‘plangan odamlarni o‘ziga jalb qilgan. O‘z vazifasini bajarib, fuqarolarga tushuntirish berayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat burchlarini bajarishga qarshilik qilib, ularni talablarini bajarmaslikka omma oldida da’vat qilib, ommaviy tartibsizlik  keltirib chiqarishga harakat qilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.    

Ma’lumotlarga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan to‘plangan hujjatlar 30 mart kuni Farg‘ona shahar ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. X.M. ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksning 54 va 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga nisbatan besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ma’lumot o‘rnida, 31 mart holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 1 934 ta karantin buzilishi holati aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

1392

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing