Farg‘onada odam itga talatilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Farg‘onada bir odam do‘pposlanib, itga talatilgani haqida xabar bergan edik. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Voqea joriy yilning 13 may kuni Farg‘ona shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan 16-sonli ko‘p qavatli uyda yashovchi qo‘shnilar o‘rtasida sodir bo‘lgan edi. 

Xonadonlarning birida it boqish bilan bog‘liq maishiy muammolar oqibatida janjal kelib chiqqan. Buning oqibatida bir nechta qo‘shnilar bir-birlarini xaqoratlab, tan jarohati yetkazib, xonadon oynalarini sindirgan.

Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, mazkur janjal yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

819

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing