Farg‘onada zaharlanib o‘lganlar yuzasidan nega jinoyat ishi qo‘zg‘atilmadi? Izoh berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahrida yashagan B.E. va A.A.ning noma’lum moddadan zaharlanishi oqibatida vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagani haqida videomurojaat e’lon qilindi. Holat bo‘yicha Farg‘ona viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati rasmiy izoh berdi.

Aniqlanishicha, 2022 yilning 26 dekabr kuni Farg‘ona shahar Yassaviy ko‘chasida yashovchi fuqaro B.E. tanishlari A.A. va X.M. bilan birga noma’lum moddadan zaharlanib, o‘zi va sherigi A.A. voqea joyida vafot etgan. X.M. esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan xabar Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga kelib tushgan. 

Hodisa joyi shahar prokurori rahbarligida tegishli mutaxassislar bilan krimtexnika vositalari yordamida tekshirilgan. Murdalar ko‘zdan kechirilganda, ularda tashqi tan jarohatlari va boshqa izlar aniqlanmagan.

Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, fuqarolar B.E. va A.A.ning is gazidan zaharlanib, vafot etgani bo‘yicha Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan. Mazkur qarorning qonuniyligi o‘rganilib, u bekor qilingan va hozirda qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat tergov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing