Farg‘onada mast erkak qishloqdoshini so‘yib o‘ldirdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida erkak o‘zining hamqishlog‘i bo‘lgan tanishini bir necha marotaba pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati sudlari xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyatida tug‘ilgan erkak avval bir necha bor sudlangan. U mahalladoshining uyiga janozaga borgan. Tanishi undan so‘raganida vaqtincha ishsiz ekanligini aytgan. Hamqishlog‘i unga Farg‘ona shahrida novvoychilik bilan shug‘ullanayotganini aytib, u bilan birga ishlashni taklif qilgan. Shu tariqa ikki mahalladosh Farg‘onada novvoychilik bilan shug‘ullanib kelgan.  

Keyinchalik ular spirtli ichimlik ichib, o‘zaro janjallashgan. Oqibatda muqaddam sudlangan erkak "oshxona pichog‘i" bilan qishloqdoshining chap ko‘krak sohasi hamda tanasining turli joylariga bir necha marotaba urib o‘ldirgan.

Sudda erkak janjal davomida tanishi uni bolg‘a bilan bilagiga urganligi sabab o‘sha yerda turgan pichoq bilan o‘zini himoya qilganini aytgan. Ushbu jinoyat ishi Farg‘ona shaxar sudida ko‘rib chiqildi.

Sud erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan 11 yil 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qashqadaryoda erkak singlisining mast erini urib o‘ldirgandi. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topilib, 15 yil 6 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sud janjal Andijon Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing