Farg‘onada mast holda aholining tinchini buzgan ayollar jazolandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida fuqarolarning tinchini buzib, ichki ishlar organi xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan ayollar jazolandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 29 noyabr kuni Farg‘ona shahar, “Shakorqishloq” mahallasi Tarona ko‘chasida soat tongi 04:00 larda 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro M.G‘. va 2004 yilda tug‘ilgan F.O. (videotasvirdagi ayollar) spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda shu hududda yashovchi fuqarolarning tinchini buzayotgani aniqlangan.

Ushbu shaxslarni tinchlantirish maqsadida yetib borgan IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faoli qarshilik ko‘rsatgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-(mayda bezorilik) va 194-moddalariga (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida fuqaro yemakxonada janjal chiqargandi. Unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jismoniy kuch ishlatilib, fuqaro zararsizlantirilgan va tuman IIO FMBga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona mayda bezorilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing