Farg‘onada mashina bakiga narkotik yashirganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
09 yanvar 1923 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida 11 kilogrammdan ziyod narkotik moddalarni avtomashinaning yoqilg‘i bakida yashirincha olib kirishga uringanlar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Beshariq tumanida joylashgan “Ravot” chegara-bojxona postiga Tojikistondan kirib kelgan, O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtotransport vositasi xodimlar tomonidan sinchkovlik bilan tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Natijada avtomashinaning yoqilg‘i baki ichiga sof og‘irligi 10 kilogramm 739 gramm “gashish”, 412 gramm “marixuana” va 35 gramm “opiy” giyohvandlik vositalari hamda 6945 dona “Royal” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari yashirilgani aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 25,273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Bildirilishicha, tergov doirasida uning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida Tojikistondan keltirilgan jami 32 kilogramm narkotik modda ushlab qolingandi.
Live
Barchasi