Farg‘onada mansabdorlar tabiatga 4,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Farg‘ona viloyatidagi Katta Andijon kanali qirg‘og‘ida o‘sib turgan 1213 tup daraxt yanvar-fevral oylarida kesib tashlangani, buning oqibatida tabiatga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Bosh prokuratura tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati hududida o‘rganish ishlari olib borilgan va unda Norin-Farg‘ona irrigatsiya tizimidagi Katta Andijon kanali qirg‘og‘ida o‘sib turgan 1213 tup daraxt joriy yilning yanvar-fevral oylarida “Bag‘dodmaxsussuvpudrat” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar tomonidan qasddan kesib tashlanib, o‘simlik dunyosiga 4,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bildirilishicha, hozirda ichki ishlar organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, Bosh prokuratura tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi ustidan nazorat o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona daraxt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing