Farg‘onada mansabdor shaxs dahshatli YTHga uchradi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 1 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi rahbari “avariya”ga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ bu masalaga oydinlik kiritish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan bog‘langanida, vazirlik axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov xabarlarni tasdiqladi. 

Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Uchko‘prik tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i 1 oktyabr, yakshanba kuni prokuror topshirig‘i bilan dam olish kuni paxta dalasiga yuborilgan. U yerdan qaytayotganda esa avtohalokatga uchragan. Tarmoqlarda mansabdor ayni paytda shifoxonada bo‘lib, og‘ir ahvolda qolayotgani aytilmoqda. 

Faxriddin  Hayitovning bizga ma’lum qilishicha, 1 oktyabr kuni vazirlik tomonidan hech bir tuman bo‘limi boshlig‘iga paxta yig‘im-terimiga doir topshiriq berilmagan. 

Shuningdek, u Uchko‘prik tuman bo‘limi boshlig‘i o‘zining boshqaruvidagi xizmat mashinasida yo‘l-transport hodisasiga uchraganini bildirgan. 

Vazirlik vakiliga ko‘ra, tuman bo‘limi boshlig‘i Qo‘qon shahridagi shifoxonaga joylashtirilgan, uning holati barqaror.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Uchko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing