Farg‘onada maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchi jazolandi (video)
3-sahifa
−
24 iyun
4330Farg‘onada YTH sodir etib, maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa Farg‘ona viloyati Furqat tumanida sodir bo‘lgan. Fuqaro o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Lacetti mashinasida Matiz avtomashinasini me’yoridan yuqori tezlikda quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. Oqibatda u yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan voyaga yetmagan maktab o‘quvchisini urib yuborgan. Jabrlanuvchi olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat yuzasidan yuritilgan ish Furqat tuman sudida ko‘rib chiqilgan.
Sud xulosasiga ko‘ra, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan aybli deb topilgan. U 2 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda BYD, Spark va L9 ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi