Farg‘onada xo‘roz urishtiraman deb qimor tashkil qilganlar ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida “Xo‘roz urishtirish” qimor o‘yinini tashkil etgan bir guruh fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Bildirilishicha, Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Quva tumani, “Qalinpo‘stin” MFYda yashovchi 1962 yilda tug‘ilgan shaxs “Qayrag‘och” MFYda yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan sherigi bilan guruh bo‘lib qimor o‘yini tashkil qilgan. Ushbu jinoiy faoliyatga yana 3 nafar shaxs sherik bo‘lgan. Farg‘ona shahar, “Mustaqillik” MFYda yashovchi 400 nafar odam ham ushbu o‘yinga jalb qililgan. Garovga esa katta pul tikilgan. 

Ayblanuvchi shaxslar “Xo‘roz urishtirish” uchun sharoit yaratib, ishtirokchilarning har biridan 50 ming so‘mdan pul yiqqan vaqtida ushlangan. 

Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida kassadan 84 mln 356 ming so‘m, 3 ming 750 AQSH dollari, 8 ming 741 Qirg‘iziston somi, qimor o‘yiniga kelgan shaxslardan 14 million so‘m, 14 dona xo‘roz va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Jondor tumanining “Xumin” mahallasida yashovchi 43 yoshli shaxs o‘z uyida qimorxona tashkil etgani aniqlanib, ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona qimor xo'roz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing