Farg‘onada xalqaro universitet tashkil etiladi
Jamiyat
−
26 avgust 2019
4550O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining“Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Universitet respublika iqtisodiyot va sanoat tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlaydi.
Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti sifatida tashkil etiladi.
Universitetda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida koreys, ingliz va o‘zbek tillarida kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi, bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Universitetda birinchi o‘quv yilida 9 ta yo‘nalishda, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab 14 ta yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlanadi.
LiveBarchasi