Farg‘onada karantin cheklovlari yumshatildi

Jamiyat

image
Qashqadaryoda karantin cheklovlari yumshatilyapti north_east

Qashqadaryoda karantin cheklovlari yumshatilyapti

Bugun, 3 avgust kunidan Farg‘ona viloyatida karantin choralari yumshatilib, ba’zi muassasalar faoliyatiga ruxsat berildi.

Hududdagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, buyum va chorva mollari bozorlari, qurilish mahsulotlari savdo majmualari hamda sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga tiklandi.

Mazkur muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda belgilangan karantin qoidalariga amal qilinadi. Xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish, binolarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar hamda dezinfeksion tonnellar bilan jihozlash kabilar belgilab qo‘yildi.

Bozorlar va qurilish savdo majmualarida ham ana shu kabi talablarga qat’iy rioya qilinishi ko‘rsatilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘onada 278 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 255 nafari sog‘aygan va 1 nafari vafot etgan. Sog‘ayish 95 foizga teng.


Maqola muallifi

Teglar

karantin Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

522

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing