Farg‘onada qo‘shnisini o‘ldirib, keyin uni yoqib yuborgan shaxs qamaldi
3-sahifa
−
13 may 10738 2 daqiqa
Avvalroq, Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida yashovchi yigit o‘z qo‘shnisini shafqatsizlarcha o‘ldirib, keyin murdani yoqib yuborgan edi. U ushbu qotilligi uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Hudud” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yigit marhum qishloqdoshi bilan avval janjallashib, tan jarohati olgani bois marhumga ozodlikdan mahrum qilishga doir jazo tayinlangan.
Marhum qishloqdoshi unga jazo o‘tayotganini ro‘kach qilib, jazo va boshqa xarajatlari uchun 150 dollar olganidan so‘ng, yana kreditini so‘ndirish uchun 4,5 mln so‘m so‘raganidan jahli chiqqan. Shu sababli xilvat joyga olib borib, ko‘ksiga bir marta pichoq sanchgan va qasddan o‘ldirgan.
Shundan so‘ng, u jinoiy faoliyatini davom ettirib, yigitning murdasini Qo‘shtepa tumanining Sohibkor mahallasida joylashgan qurilish tugallanmagan xonadonga olib kelib, uni mashinaga yuklagan va qo‘shimcha ravishda o‘zi bilan o‘tin ham olgan. So‘ngra yigit murdani chekkaroqda joylashgan yer maydoniga olib borib, yoqib yuborgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi yigitni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi va 134-moddasida (qabrni tahqirlash) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, unga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazo belgilangan.
Eslatib o‘tmiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ayol o‘zi tanimagan 3 yoshli qizni hech bir sababsiz pichoqlab o‘ldirgan edi.
Live
Barchasi