Farg‘onada quduqdagi erkak boshiga temir chelak tushib vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun 17 iyun kuni Farg‘ona tumani “Do‘stlik” MFYdagi uylarning birida quduqni tozalash maqsadida tushgan fuqaroning boshiga ichida turpoq to‘la temir chelak tushib, voqea joyida vafot etdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Aniqlanishicha, uy egasi S.S. tomonidan 50 metr chuqurlikdagi quduqni tozalash ishlari olib borayotgan vaqtda, temir chelak arqoni uzilib ketgan. Boshidagi himoya kaskasi borligiga qaramasdan fuqaro og‘ir tan jarohati bilan halok bo‘lgan.

Hodisani kuzatib turgan fuqaro R.T. yordam berish maqsadida chuqurlikka tushadi va qaytib chiqolmagan. 

Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat FVB xodimlari zudlik bilan belgilangan manzilga yetib borgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida, qutqaruv asbob-anjomlari yordamida 50 metrlik quduqdan 2 nafar fuqaro olib chiqilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

FVV Farg'ona quduq

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing