Farg‘onada qirg‘iz, tojik, o‘zbek vakillari ishtirokida xalqaro forum o‘tkazildi

Jamiyat

image
So‘x-Rishton yo‘li ochildi north_east

So‘x-Rishton yo‘li ochildi

Bugun, 22 aprel kuni Tojikistonning So‘g‘d raisi Rajabboy Ahmadzoda va Qirg‘izistonning Batken viloyati gubernatori Omurbek Suvanaliyev boshchiligidagi delegatsiyalar Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.

Qo‘shni davlatlar delegatsiyalari “Chegaraoldi hududlar integratsiyalashuvi – rivojlanish garovi” mavzusidagi Farg‘ona-Batken-So‘g‘d xalqaro biznes-forumida ishtirok etdi.

“Chegaraoldi hududlar integratsiyalashuvi – rivojlanish garovi” mavzusidagi xalqaro biznes-forum yakunida Xayrullo Bozorov va Rajabboy Ahmadzoda Farg‘ona viloyati va So‘g‘d viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ni imzoladilar.

Farg‘ona va So‘g‘d viloyatlari tuman va shaharlari ham to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi. Beshariq tumani va Konibodom shahri, Buvayda tumani va Guliston shahri, Dang‘ara va Bobojon G‘ofurov tumanlari, O‘zbekiston tumani va Isfara shahri, Uchko‘prik tumani va Bo‘ston shahri o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, Farg‘ona tumani hamda Batken viloyatining Qadamjoy tumani o‘rtasida ham hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Viloyatlar rahbarlarining o‘zaro uchrashuvida Rajabboy Ahmadzoda So‘g‘d viloyatidan Farg‘ona vodiysiga katta miqdorda ko‘mir yetkazib berib kelinganini eslatib, hozirda ham sifatli va arzon ko‘mir eksporti qilish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.

Batken viloyati gubernatori Omurbek Suvanaliyev, Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zosi ekani Farg‘ona va So‘g‘d viloyati biznesi uchun qo‘shimcha imkoniyat yo‘lagi ekanini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

xalqaro forum

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing