Ertaga Toshkentda muhim xalqaro forum o‘tkaziladi
Jamiyat
−
27 noyabr 2019
6020Ertaga, 28 noyabr kuni poytaxt Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “XXI asrda gender va yoshlar masalalari bo‘yicha sheriklikni rivojlantirish” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasining gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Xalqaro forumda 50 dan ziyod xorijiy va 100 ga yaqin mahalliy ekspertlar ishtirok etadi.
Forumning 3 ta sho‘’basi doirasida gender tenglikni ta’minlash hamda ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish, bu borada qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan xalqaro jamoatchilikni tanishtirish, xorijiy tajribani o‘rganish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash nazarda tutilgan.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etadi.
LiveBarchasi