Farg‘onada qidiruvdagi shaxs ushlandi
3-sahifa
−
10 yanvar
6959Farg‘onada Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash ayblovi bilan qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Bildirilishicha, ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan qidiruvga berilgan.
Ushbu fuqaroning manzili Farg‘ona viloyati IIB birinchi mintaqaviy hudud PPX xodimlari tomonidan aniqlanib, qochib yurgan gumondor qo‘lga olingan.
Ma’lumot uchun, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan va tergovdan qochib yurgan shaxslar ushlangandi.
LiveBarchasi