Farg‘onada qator muassasalar faoliyatiga ruxsat berildi

Jamiyat

image

Farg‘onada viloyat koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish shtabi va maxsus komissiya qaroriga asosan bugun, 11 avgustdan boshlab, viloyat hududidagi umumiy ovqatlanish ob’ektlari, jumladan, oshxona, choyxona, restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat berildi.

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari karantin talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilib, kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar bilan ta’minlagan holda o‘z faoliyatini qayta boshlaydi.

Faoliyatini davom ettirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik sub’ektlarida tegishli organlar tomonidan karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boriladi. Barcha xodimlar tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi, ijtimoiy masofani saqlashi shartligi belgilangan.

Restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda faoliyatini soat 8:00 dan 20:00 ga qadar tashkil etadi.

Avvalroq, Farg‘onadagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, buyum va chorva mollari bozorlari, qurilish mahsulotlari savdo majmualari hamda sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyati tiklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona karantin

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing