Farg‘onada qassob aka-ukani pichoqlab qo‘ydi

3-sahifa

image

Bugun, 17 avgust kuni Farg‘ona viloyatida joylashgan go‘sht do‘koni egasi ikki nafar fuqaroni pichoqlab qo‘ydi. Jabrlanganlar aka-uka bo‘lgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bag‘dod tumani “Mirzabod” MFY hududida fuqaro X.A. o‘ziga tegishli go‘sht do‘koni oldida fuqarolar A.T. va Sh.T. bilan o‘zaro gap talashib, janjallashib qolgan.

Janjal davomida X.A. fuqarolar A.T. va Sh.T.ga go‘sht do‘konidan olgan pichoq bilan tan jarohati yetkazgan.

Tuman tibbiyot bo‘limining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Sh.T. olgan og‘ir tan jarohati oqibatida tibbiyot bo‘limida vafot etgan. Fuqaro A.T. shifoxonada davolanmoqda. 

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Bag‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumondor shaxs ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona viloyati

Baholaganlar

513

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing