Farg‘onada IIB xodimlari fuqaroni do‘pposlagan video tarqaldi. IIV izoh berdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada Ichki ishlar xodimlari bir necha kishi guvohligida fuqaroni do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. Videoda ikki xodim fuqaroni bo‘g‘ib, urib, tepganini ko‘rish mumkin.

Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov holat yuzasidan izoh berdi.

Vazirlik vakilining ma’lum qilishcha, videodagi voqea 2021 yilning 14 iyul kuni Farg‘ona shahri ichki ishlar bo‘limida sodir etilgan. Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda 2021 yil 2 dekabrda mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sud organlariga yuborilgan.

Mazkur jinoyat ishi joriy yilning 23 avgust kuni Farg‘ona viloyati JIB sudi tomonidan apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilib, xodimlarning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilgan va oqlov hukmi chiqarilgan.

Vazirlik rasmiysi fuqarolarni do‘pposlab, oqlangan xodimlar ishi bo‘yicha atroflicha ma’lumot bermagan. 


Maqola muallifi

Teglar

IIB

Baholaganlar

724

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing