Farg‘onada giyohvand moddalarni reklama qilgan bloger qo‘lga olindi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida giyohvand moddalarni reklama qilgan 102 ming obunachiga ega bloger ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1991 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan shaxs o‘z Instagram sahifasida 665 dona video kontent joylab, ularni jami 102 ming obunachiga tarqatib kelgan. Xususan, u o‘zi tayyorlagan do‘kon reklamasida respublika hududida reklamasi taqiqlangan giyohvand moddalarni iste’mol qilgani aks etganini va shu haqida qo‘shiqlarni joylab, obunachilariga namoyish qilgan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56 prim 4-moddasi (Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, unga tegishli bo‘lgan telefon daliliy ashyo sifatida olingan.

“Hurmati fuqarolar! Bunday reklamalarga uchib, o‘z hayotingizni barbod qilmang. Ijtimoiy tarmoqlarda mana shunday holatlarga guvoh bo‘lsangiz, ichki ishlar organlariga murojaat qiling”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida onlayn qimorni o‘z Instagram sahifasida reklama qilgan 22 yoshli bloger qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona giyohvand modda reklama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing