Farg‘onada erkak o‘zi bilan birga yashagan nikohsiz ayolni urib o‘ldirgan

Jamiyat

image

Joriy yilning 18 may kuni Farg‘ona shahrida erkak o‘zi bilan birga yashagan nikohsiz ayolni urib o‘ldirgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Shaharning Quvasoy ko‘chasida yashovchi 43 yoshli N.A. uyida oilaviy janjal tufayli birga yashagan 40 yoshli nikohsiz ayoli L.G.ning yuziga qo‘li bilan urgan.

Natijada ayol boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan. Oqibatda L.G. 19 may kuni olgan tan jarohatlari tufayli uyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing