Farg‘onada erkak rashk sabab do‘stini urib o‘ldirdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida 30 yoshli erkak xotini bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan do‘stini urib o‘ldirdi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Dang‘ara tumanida yashovchi 30 yoshli erkak xotinining telefonidan begona erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan behayo yozishmalarni topib olgan. Telefon raqamni tekshirganda esa u yaqin do‘stiga tegishliligi ma’lum bo‘lgan. Bundan jahli chiqqan erkak o‘rtog‘i bilan ko‘rishib, gaplashib olish niyatida uni o‘zi ishlab kelayotgan issiqxonaga chaqirgan.

Bahsli boshlangan o‘zaro suhbat janjalga aylanib ketgach, xotinini rashk qilayotgan er do‘stini qo‘l va oyoqlari bilan urib, unga turli darajadagi tan jarohatalari yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi olgan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. U ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, voqeadan 2 kun o‘tgach, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan yuritilgan jinoyat ishi Beshariq tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Unga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum eilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Farg'ona Dang'ara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made