Farg‘onada erkak xotinini bolta bilan urib o‘ldirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 19 aprel kuni Farg‘onada 4 nafar farzandi bor erkak xotinini o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

BPga ko‘ra, kecha soat 08:00 larda 45 yoshli fuqaro X.D. (4 nafar farzandi bor, ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda olingan) turmush o‘rtog‘i bilan yashash xonadonida uy ishlarini o‘z vaqtida qilish masalasida o‘zaro janjallashib, xo‘jalik boltasi bilan bosh va bo‘yin sohasiga bir necha marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, X.D. Qo‘qon shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasiga borib, shifokorlarga sodir etgan jinoyati haqida aytib bergan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro X.D. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Farg'ona

Baholaganlar

611

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing