Farg‘onadagi masjidda pichoqbozlik bo‘ldi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onadagi masjidlardan birining tahoratxonasida 31 yoshli erkak tanishini pichoqlab o‘ldirmoqchi bo‘lgani ask etgan video tarqaldi. Bu haqda “Milliy” telekanalining “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15 iyun kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi “Said Ahmad” jome’ masjidiga peshin namozini o‘qish uchun kelgan ikki erkak o‘zaro janjallashgan. Og‘zaki janjaldan so‘ng 31 yoshli erkak 39 yoshli tanishining ortidan tahoratxonaga kirgan va uning bosh, bel va qorin qismiga pichoq bilan zarba bergan. Shundan so‘ng masjid yonida joylashgan “Navbahor” MFY ma’sullari oldiga kirib, bo‘lgan voqeani aytib bergan. MFY xodimlari hodisa haqida Ichki ishlar boshqarmasiga xabar bergan. Jabrlanuvchi esa shifoxonaga olib borilgan. 

Aniqlanishicha, ikkala erkak ham Dang‘ara tumanidan bo‘lmay, Qo‘qon shahri “Navoiy” MFYda istiqomat qilib kelgan. Janjalga nima sabab bo‘lgani va 31 yoshli erkakning do‘stini pichoqlashga nima majbur qilgani ochiqlanmagan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayblanuvchi erkak Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Voqea bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berib borilishi ma’lum qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 61 yoshli erkak ulfatini pichoqlagandi. Shuningdek, Namanganda 20 yoshli yigit 22 yoshli tanishini pichoqlab qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

pichoqbozlik Farg'ona tahoratxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing