Farg‘onada erkak bir yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi
3-sahifa
−
03 fevral 9539 1 daqiqa
Farg‘onada ota o‘zining bir yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 31 yoshli erkak endigina 1 yoshga to‘lgan o‘z farzandiga pichoq sanchib, uning qotiliga aylangan.
To‘plangan sud hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, erkak hamda uning xotini o‘rtasida o‘zaro tushunmovchilik sababli janjal yuzaga kelgan. Janjal davomida erkak go‘yoki ayolidan qasd olish maqsadida himoyasiz holatda bo‘lgan bir yoshli qizchasining qorin qismiga oshxona pichog‘ini sanchib olgan.
Qizaloq shifoxonaga olib borilganiga qaramasdan, o‘sha yerda vafot etgan.
Holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudida ko‘rib chiqilgan. Erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismining “v” bandi bilan 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Asaka tumanidagi maktab binosida o‘qituvchi ayol pichoqlab o‘ldirilgandi.
Live
Barchasi