Farg‘onada ehson qutisi o‘g‘irlandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslar yo‘l chetidagi ehson qutisini o‘g‘irlab ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Izohlarda aytilishicha, voqea joriy yilning 20 noyabr kuni Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan. 

QALAMPIR.UZ mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Ismoil Sharipov bilan bog‘landi. Uning ma’lum qilishicha, ushbu holat Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani “Sarmozor” MFY hududida sodir etilgan. 

Unda bir guruh noma’lum shaxslar ehson qutisini Damas rusumli mashinaga yuklab, o‘g‘irlab ketgan. 

Mazkur holat yuzasidan IIOga hech qanday murojaat kelib tushmagan. Biroq holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgach, tuman IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, tergovga qadar tekshiruv boshlangan. 

“Ish yakuniga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deya qo‘shimcha qilgan Sharipov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Toshkent shahri Olmazor tumanida ham shu kabi holat sodir etilgan edi. Unda 20 yoshli yigit do‘kon yonida o‘rnatilgan ehson qutisini o‘g‘irlab ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona o'g'irlik Qo'shtepa ehson qutisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made