Farg‘onada bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani rostmi?

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati boshlig‘i Ismoil Sharipov holat yuzasidan izoh berdi.

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, noma’lum shaxslar Buvayda tumani Sho‘rqishloq mahallasida bog‘chadan qaytayotgan ikki bolani avtomobilga majburan o‘tqazib, o‘g‘irlashga uringani va qarindosh ayolning hushyorligi sabab ular qutqarilgani aytilgan.

Qayd etilishicha, xabar o‘z tasdig‘ini topmagan.

"Tarqalayotgan asossiz xabarlarga ishonib, vahimaga tushmasligingizni so‘raymiz. Agar bunday holatlar tasdiqlansa yoki aniqlansa viloyat IIB tomonidan nazoratga olinib, aybdorga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlanadi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona bola o'g'rilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made