Farg‘onada bog‘cha bolalari ommaviy zaharlanishi ortidan jinoiy ish ochildi
3-sahifa
−
24 fevral 3004 1 daqiqa
Avvalroq, Farg‘ona viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ommaviy zaharlangani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21 fevral kuni Farg‘ona shahar IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shahardagi 58-, 2- va 61-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari “tana harorati ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, ich o‘tishi” belgilari bilan Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.
Xozirda vaziyat Farg‘ona viloyati prokuraturasi, IIB hamda boshqa mutasaddi idoralarning ma’sullari tomonidan to‘liq o‘rganilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, barcha tegishli turdagi ekspertizalar tayinlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingani haqida xabar berilgan edi. Hozirda 62 nafar bola statsionar sharoitda davolanayotgan bo‘lib, ularning ahvoli qoniqarli.
Live
Barchasi