Farg‘onada “Baxti Tashkentskiy”ga aloqador shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘onada “Baxti Tashkentskiy”ga  yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan Doston Halilov ushlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Farg‘ona viloyati IIB hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatiga chek qo‘yish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar davomida Farg‘ona shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan, muqaddam  Jinoyat kodeksining 109-moddasi bilan sudlangan Doston Xolbo‘ta o‘g‘li Halilov qo‘lga olingan. 

Farg‘ona viloyati IIBga ko‘ra, Doston Halilov “Baxti Tashkentskiy” laqabli Baxtiyor Zaparovich Qudratullayevga yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan.

“U qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga qochib o‘tmoqchi bo‘lgan payt, "Do‘stlik" chegara postida qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda. 

Unga nisbatan Farg‘ona shahar ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPK ning 221-moddasi tartibida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Ichki ishlar Baxti Tashkentskiy Doston Halilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing