Farg‘onada ayol joniga qasd qilish maqsadida o‘zini poyezd tagiga tashladi

3-sahifa

image

Joriy yilning 11 iyul kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida ayol joniga qasd qilish maqsadida o‘zini poyezd tagiga tashladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 11 iyul kuni soat 22:30 larda Qo‘qon–Buvayda temir yo‘l bekatlarining 22-kilometrida sodir bo‘lgan. Buvayda tumani Jilva qishlog‘ida yashovchi fuqaro O‘.Z. o‘zini poyezd ostiga tashlamoqchi bo‘lgan vaqtida TXTB patrul-post xizmati xodimi uni ushlab qolgan.

Xabarga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqaro O‘.Z. oilaviy janjal tufayli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Shundan so‘ng ushbu fuqaro bilan ota-onasi, mahalla raisi va mahalla faollari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Jilva mahalla fuqarolar yig‘ini raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari murabbiy etib biriktirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 iyun kuni Samarqand shahrida oilaviy janjal sabab 19 yoshli ayol o‘zini ko‘p qavatli uyning 3-qavatidan tashlamoqchi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona joniga qasd oilaviy janjal

Baholaganlar

216

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing