Farg‘onada avtomobil betonga urilishi oqibatida 2 yo‘lovchi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
31 avgust
4155Farg‘ona viloyatida Spark avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ikki nafar 19 yoshli yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 29 avgust kuni soat 03:30 larda Farg‘ona shahar Kirgili mavzesi hududidan o‘tgan 4R-140A “Farg‘ona shahriga” avtomobil yo‘lining 8- kilometrida sodir bo‘lgan. 2005 yilda tug‘ilgan haydovchi T.A Spark rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, keskin tormoz bosib yuborishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida beton simyog‘ochga urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Oqibatda avtomobil yo‘lovchilari 2005 yilda tug‘ilgan Q.M, 2005 yilda tug‘ilgan Yu.A, 2004 yilda tug‘ilgan E.Sh, va N.F lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan avtomobilda bo‘lgan ikki yo‘lovchi Q.M va Yu.A. lar shifoxonada vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 3 ta avtomobil va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr