Farg‘onada 8 mlrd so‘mlik sifatsiz dori saqlayotganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dori vositalari va 400 mln so‘mlik tibbiyot jihozlarining savdoga chiqarilishini oldi olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona shahrida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtotransport vositasi Bag‘dod tumani hududida to‘xtatilib tekshirilgan. Natijada avtomashina salonida 8 turdagi 413 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlangan.

Shuningdek, Bag‘dod tumanida joylashgan va mazkur fuqaroga tegishli bo‘lgan 2 ta ombor ko‘zdan kechirilganda sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan jami 60 turdagi 100 ming 332 dona dori vositalari noqonuniy saqlanayotgani aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Tezkor tadbir davom ettirilib, Farg‘ona shahrida joylashgan ombordan esa noqonuniy saqlanayotgan 39 turdagi 16 ming 897 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida dastlabki umumiy qiymati jami 8 milliard 1 million 429 ming so‘mlik 117 ming 642 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari vaqtincha saqlovga olingan. 

Bu yo‘nalishdagi tadbirlar davom ettirilib, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli 3 ta yashirin omborda Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan, umumiy qiymati 400 mln so‘mlik 15 turdagi kateter igna, jgut, elektron termometr, tonometr kabi jami 30 ming dona tibbiyot jihozlari saqlanayotgani aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida sal kam 600 ming dona qalbaki dori ishlab chiqargan yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Farg'ona dori vositalari sifatsiz dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing