Farg‘onada 7 yoshli bolani qutqarmoqchi bo‘lgan yolg‘iz onani poyezd bosib ketdi
3-sahifa
−
12 iyun 2023
19027Farg‘ona viloyati “Oxunboboyev-Marg‘ilon” bekatlari oralig‘ida poyezd yo‘lini kesib o‘tayotgan 7 yashar bolani qutqarmoqchi bo‘lgan 41 yoshli ayolni bosib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 iyun kuni soat 10:40 da “Andijon-Xiva” yo‘nalishidagi shaharlararo elektropoyezdi “Oxunboboyev-Marg‘ilon” bekatlari oralig‘ida harakatlanib o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan U.N.ni qutqarmoqchi bo‘lgan 1981 yilda tug‘ilgan M.D.ni bosib ketgan.
Oqibatda fuqaro M.D. voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Marg‘ilon shahridagi 29-sonli umumta’lim maktabida farrosh bo‘lib ishlagan M.D. mazkur holat yuz bergan vaqtda 7 yoshli maktab o‘quvchisi U.N. bilan birga poyezd yo‘lini kesib o‘tayotgan bo‘lgan.
Ehtiyotsizlik oqibatida kelayotgan poyezdni ko‘rmay qolgan U.N.ni yelkasidan turtib, hayotini saqlab qolgan 3 nafar farzandning onasi M.D.ning o‘zi qochishga ulgurmagan va poyezd tagida qolib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan xozirda Farg‘ona transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
QALAMPIR.UZ’ga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayol uch farzandning onasi bo‘lgan va u bolalarini yolg‘iz katta qilayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chinozda 36 yoshli ayolni poyezd ikkiga bo‘lib ketgani haqida xabar berilgandi.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi