Farg‘onada 5700 tup giyohvand o‘simlik yetishtirayotgan ayol qo‘lga olindi
Jamiyat
−
20 may 2021
10261Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida uyida 5700 tup giyohvand o‘simlik yetishtirayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 14 may kuni Toshloq tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2021” keng qamrovli tadbiri davomida IIV JQBB, viloyat IIB hamda Toshloq tumani IIB xodimlari tomonidan Toshloq tumani “Quyi Yakkatut” mahallasida yashovchi 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro M.Q.ning yashash xonadoni tekshirilgan.
Tekshiruv davomida uning tomorqasidan 5700 tup “ko‘knor” o‘simligiga o‘xshash o‘simliklar yetishtirilayotgani va omborxonasida nasha giyohvand moddasiga o‘xshash modda saqlab keayotgani aniqlanib, ushbu o‘simliklarning barg va boshoqlaridan namuna olinib, qolgan qismi yo‘q qilingan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra M.Q.ning xonadonida yetishtirilayotgan o‘simlik “ko‘knor” o‘simligi, olingan moddaning sof og‘irligi 20 gramm “marixuana” giyohvand vositasi ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi