Farg‘onada prokuror o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
01 may
14175Farg‘ona viloyatidagi Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari pora olayotganida jinoyat ustida qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 27 aprel kuni soat 18:30 larda Farg‘ona viloyati prokuraturasi Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazgan.
Tadbirda Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari tanishlari orqali sudning ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan jazo qo‘llanilishida yengillik qilib berishni aytib, aldov yo‘li bilan ishonchni suiiste’mol qilib, kelishilgan 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- (Firibgarlik) va 28,211- (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sirdaryo, Namangan va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida soliq inspektori, Majburiy ijro byurosi xodimi va advokat bo‘lib ishlagan shaxslar pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingani xabar qilingandi.
LiveBarchasi