Farg‘onada 43 ming dollar pora olgan mansabdorlar ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida 43 ming AQSH dollari va 111,5 million so‘m miqdorida pora olgan mansabdor shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Farg‘ona viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektining murojaati asosida O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi “O‘rmonqurilish” DUK va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida tekshirish o‘tkazilgan.

Tekshirishda ushbu tashkilotlarning mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirib, tadbirkordan qurilish loyihalari bo‘yicha pudrat shartnomalarini rasmiylashtirish evaziga tamagirlik yo‘li bilan juda ko‘p miqdorni tashkil etuvchi 43 ming AQSH dollari va 111,5 mln. so‘m pul mablag‘larini pora tariqasida qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qarshi davlat universitetining yuriskonsulti o‘qishni  ko‘chirib berish evaziga 8 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya pora Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing