Farg‘onada 40 metrli quduq tubida qolib ketgan erkak qutqarildi (video)

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatida 40 metrli quduqqa tushib, qolib ketgan fuqaro qutqarildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona tumani Sohibkor ko‘chasidagi uylarning hovlisida chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqda ishlayotgan 1977 yilda tug‘ilgan X.D. o‘zining shaxsiy elektr “lebyodka”si ishlamay qolishi oqibatida quduq tubida qolib ketgan.

Shundan keyin u zudlik bilan FVBga yordam so‘rab murojaat qilgan. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida fuqaro qutqarib qolingan. U tan jarohati olmagan.

“Tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagan, salomatligi yaxshi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 1 yoshli qiz hojatxonaga tushib ketgandi. FVB qutqaruvchilari maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizaloqni olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona quduq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing