Farg‘onada 3 kishi 1 erkakni kaltaklab, pichoq bilan jarohatladi (video)
3-sahifa
−
11 iyun 8154 1 daqiqa
Kecha, 10 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida uch kishi bir erkakni kaltaklab, kamiga pichoq bilan ham jarohat yetkazgani aytilgan xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Ismoil Sharipov bilan bog‘landi. U mazkur holatni tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 21 may kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “G‘ayrat” MFYda yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro A.S. shu hududda yashovchi 3 nafar fuqaro tomonidan ayovsiz kaltaklangan, unga pichoq bilan hujum qilingan va jiddiy tan jarohatlari yetkazilgan.
Hozirda ushbu holat Farg‘ona viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan va dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida 3 nafar aka-ukalar skuter haydovchisini urib, tan jarohati yetkazgan edi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi