Farg‘onada 20 yoshli kelin o‘z joniga qasd qildi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida 20 yoshli ayol o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 20 avgust kuni O‘zbekiston tumanida yashovchi 20 yoshli ayol xonadonida o‘z joniga qasd qilgan.

“Sukut saqlama” loyihasiga ko‘ra, 20 yoshli Z.T. 30 yoshli erkakka turmushga chiqqan. To‘ydan so‘ng qiz turmush o‘rtog‘i kaltaklaganidan shikoyat qila boshlagan. Shuningdek, ayol qarindoshlaridan uydan olib ketishni so‘ragan.

Uning o‘limidan xabar topgan ukasi va singlisi erining uyiga borganda, opasining hovli o‘rtasida o‘lganini ko‘rgan. Qo‘shnilarga ko‘ra, o‘sha kuni kelin hovlida yolg‘iz qolgan, oila a’zolari uni qamab, uydan chiqib ketishgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. O‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

“Tekshirish natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 21 yoshli kelin o‘zini osib qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing