Andijonda 21 yoshli kelin o‘z joniga qasd qildi
3-sahifa
−
10 avgust 2023
15832Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 21 yoshli kelin o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 15 iyul kuni Oltinko‘l tumanida yashagan S.O. o‘z joniga qasd qilgan.
Sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, S.O.da bo‘yin a’zolarini sirtmoq bilan siqilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, o‘pka vitsseral plevra varaqlari osti va yurak epikard osti sohalariga qon quyilishi, bo‘yin sohasidagi strangulyatsion egat shilinma, bosh peshona va chap quloq suprasi atrofida jarohatlar mavjudligi aniqlangan.
Shuningdek, mazkur holat yuzasidan sud-psixologiya ekspertizasi tayinlangan.
Xozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Qayd etilishicha, tergovga qadar tekshiruv jarayonlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida 16 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ygandi.
LiveBarchasi