Farg‘onada 2 mansabdor pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
06 dekabr 5519 2 daqiqa
Farg‘ona viloyatida mansabdor shaxslar pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, dastlabki surishtiruv jarayonida kadastr agentligi bosh inspektori fuqaroning yashash hududida qo‘shimcha yer maydoni qo‘shib olingani va u o‘zboshimchalik egallab olingan yerda qurilish qilgani uchun 84 mln so‘m jarima solinishini bildirgan. Shundan so‘ng, bosh inspektor fuqaroga bu vaziyatdan oson qutulish yo‘lini ko‘rsatib, unga jarima qo‘llamaslik hamda yerni qonuniylashtirib berish evaziga 400 AQSH dollari talab qilgan.
DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda boshqa huquq-tartibot idoralari hamkorligida fuqaro arizasi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh inspektor talab qilingan mablag‘ni o‘z xizmat joyi binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, yana bir holatda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona 2025 yilning oktyabr oyida "Farg‘ona suv qurilish invest" davlat muassasasining ma’muriy binosida 850 mln so‘mlik mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o‘tkazilgan shaffof tender tanlovida g‘olib chiqqan, biroq ushbu davlat muassasasi bosh muhandisi va boshqalar o‘zaro til biriktirib, xususiy korxonada mukammal ta’mirlash ishlarini boshlash uchun ruxsat berish evaziga xususiy korxona rahbaridan 5500 AQSH dollari talab qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbirda yuqoridagi shaxslar 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda bank xodimi pora bilan ushlangandi.
Live
Barchasi