Farg‘onada 19 yashar qiz va ayol tutqunlikda zo‘rlangani bo‘yicha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida ayol va qizni uch nafar shaxs zo‘rlik ishlatib olib ketib, bir oy davomida ushlab turgani va nomusiga tekkani, ushbu holatdan so‘ng homilador bo‘lib qolgan qiz o‘tgan yil dekabrida tuqqanligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Farg‘ona viloyat prokuraturasi holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, fuqaro S.R. (2001 y.t.) 2020 yil 22 sentyabr kuni Quva tumani IIBga murojaat qilib, uni 2020 yil 25 mart kuni fuqaro T.S. Quva tumanidagi ko‘p qavatli uylarga olib borib, voyaga yetmagan D.J. va S.K. bilan birga uni va V.M. ismli ayolni bir oy davomida asossiz ushlab turganligi, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkanligini bildirgan.

Murojaat bo‘yicha Quva tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Ammo S.R.ni zo‘rlik ishlatib nomusiga tegilgani, olib ketilgani va asossiz ushlab turilgani haqidagi vajlari ekspertiza xulosasi, tushuntirish xatlari va ish yuzasidan to‘plangan boshqa hujjatlar bilan o‘z tasdig‘ini topmagan.

Murojaat yuzasidan Quva tumani IIB tomonidan oxirgi marotaba 2020 yil 12 dekabrda jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan.

Qayd etilishicha, o‘rganish davomida tekshiruv jarayonini bevosita nazorat qilgan Quva tumani prokuraturasi xodimlari xatti-harakatlarida qonun buzilishi holati aniqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura Farg'ona zo'rlash

Baholaganlar

1038

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing